O‘zbekistonda erkaklar ko‘pmi yoki ayollar? Statqo‘m ma’lumot berdi
Jamiyat
−
14 oktabr 2021 11646 1 daqiqa
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35 million 79,2 ming kishini tashkil etadi.
Unga ko‘ra, ayollar soni 17 432 730 nafar, erkaklar soni esa 17 646 460 nafar.
Shunda erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga ko‘p.
Avvalroq, joriy yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 1,5 foizga oshgani haqida xabar bergandik. Mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 57 811 kishiga ko‘paygan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28