O‘zbekistonda bir sutkada yana 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
25 iyun 2022 10256 1 daqiqa
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanishlar yana ortmoqda. Kecha, 24 iyun kuni mamlakatda 119 kishida koronavirus aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
3 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
6 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
3 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
9 nafari Surxondaryo viloyatida,
6 nafari Farg‘ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
12 nafari Toshkent viloyatida,
54 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Toshkent viloyatida 3 nafar,
Toshkent shahrida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237857 (+19) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240206 nafarni tashkil etmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28