O‘zbekistonda bir sutkada yana 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
25 iyun 2022
8692O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanishlar yana ortmoqda. Kecha, 24 iyun kuni mamlakatda 119 kishida koronavirus aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
3 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
6 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
3 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
9 nafari Surxondaryo viloyatida,
6 nafari Farg‘ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
12 nafari Toshkent viloyatida,
54 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Toshkent viloyatida 3 nafar,
Toshkent shahrida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237857 (+19) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240206 nafarni tashkil etmoqda.