O‘zbekistonda bir kunda necha kishi PZR test topshiryapti?
Jamiyat
−
20 yanvar 2022 4370 1 daqiqa
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining dinamikasiga nazar tashlasak, joriy yil 5 yanvardan boshlab aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari ortib borayotganini ko‘rish mumkin.
Kasallanish ortganiga mos ravishda fuqarolarning PZR-test topshirish dinamikasi ham ortib bormoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 5-15 yanvar kunlari mamlakatda jami 300 mingdan ziyod PZR-test sinamasi o‘tkazilgan.
So‘nggi kunlarda esa kuniga o‘rtacha 45-50 ming nafarga yaqin fuqarodan PZR-test olinmoqda.
Qayd etish kerakki, o‘tgan yil dekabr oyining oxirgi haftasida O‘zbekistonda kuniga 15-20 mingta ana shunday sinama tahlillari o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, kecha, 19 yanvar kuni O‘zbekistonda 1307 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 209 578 nafarga yetdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28