O‘zbekistonda ayrim xorijliklarga sanksiya kiritish bo‘yicha qonun kuchga kirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet ellik shaxslarga oid qonun kuchga kirdi. Tegishli hujjatni 15 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’qulladi.

Qonunda O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan shaxslar mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet elliklar ro‘yxatiga kiritiladi.

Mazkur ro‘yxatga tushgan shaxslar uchun mamlakatga kirish besh yilga taqiqlanadi. Shuningdek, ular O‘zbekistonda bank hisob raqamlarini ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda qatnashish, moliyaviy va shartnoma munosabatlariga kirishish imkoniyatidan mahrum qilinadi. Ularda faqatgina o‘z mulklarini sotish huquqi saqlab qolinadi.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 25 iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 21 sentyabrda ma’qullangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston nomaqbul shaxslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing