O‘zbekistonda 1 oyda 80,4 mlrd so‘mlik tok va gaz o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda joriy yilning sentyabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar oqibatida tizimga 80,4 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 219 ta holat aniqlangan. Unga ko‘ra, 33,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (52 mlrd so‘m) va 9,4 mln metr kub tabiiy gaz (28,3 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 80 milliard 473 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 546 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan. Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga 86,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, 36,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (58,9 mlrd so‘m) va 8,7 mln metr kub tabiiy gaz (27,5 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida jami 86 milliard 571 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz O'zenergoinspektsiya tok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing