O‘zbekiston Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunladi
Sport
−
06 Oktabr 2025 5468 1 daqiqa
Kecha, 5 oktyabr kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida to‘qqiz kun davom etgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning so‘ngi kunida Madina Muxtorova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Madina Muxtorova ayollar o‘rtasida F40 toifasidagi yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etdi. Muxtorova o‘z urinishlarida 8.99 metr natija qayd etib, Osiyo rekordini yangiladi va shu bilan birga, Jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi.
Dunyoning 109 ta mamlakatidan jami 1400 nafarga yaqin sportchilar bahs olib borgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yakunda 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritildi.
Oltin medal:
- Yoqutxon Xolbekova (T12, uzunlikka sakrash);
- Jasur Xo‘jayev (F32, yadro uloqtirish);
- Karomat Omonova (F46, yadro uloqtirish);
- Faxriddin Xamroyev (T12, 400 metr masofaga yugurish);
- Temurbek Giyazov (T64, balandlikka sakrash).
Kumush medal:
- Kubaro Hakimova (F41, yadro uloqtirish);
- Shahina Yigitaliyeva (F46, nayza uloqtirish);
- Yorqinbek Odilov (F57, nayza uloqtirish);
- Bobur Omonov (F41, yadro uloqtirish);
- Madina Muxtorova (F40, yadro uloqtirish).
Bronza medal:
- Tolibboy Yo‘ldoshev (F37, yadro uloqtirish);
- Navro‘za Axmatova (F41, disk uloqtirish).
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Nyu-Dehli-2025 Jahon chempionatini umumjamoa hisobida 14-o‘rinda yakunladi.
Live
Barchasi