O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘iston bilan ittifoqqa qo‘shilmasligi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Rossiya va Qozog‘iston bilan energetik hamkorligi o‘rnatilishi tijoriy hamkorlikni nazarda tutadi. Bunda energetika tarmoqlari boshqalar qo‘liga berib yuborilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning bayonotida aytilgan. 

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan energetika sohasida hamkorlikka kirishi tashqi sabablar bilan bog‘liq emas, balki mamlakat ichidagi iste’mol talabi shuni taqazo etmoqda. 

“Bu tashqi faktorlarga bog‘liq bo‘lmagan holat. Ichki iste’molimiz, iqtisodiyotimiz, aholi soni, uning daromadlari oshishi natijasida energiya resurslariga bo‘lgan talab keskin oshib boryapti. Avvalo shuni aytib o‘tish kerakki, yetarli darajada, yetarli hajmlarda ehtiyojni qondira olmaganimiz – bu bizning aybimiz. Ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun eng avvalo ichki resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilyapti. Lekin shunga qaramay, qandaydir hajmlarda import qilishga ham ehtiyoj tug‘ilyapti”, deydi vazir.

Uning aytlaridan shuni tushunish mumkinki, O‘zbekiston Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston gaz ittifoqini tuzish taklifini O‘zbekiston tijoriy maqsadlarda qabul qilishi mumkin, ammo bu ittifoqchilikni anglatmaydi. 

“Ushbu masalani yechish maqsadida hozirgi kunda biz qandaydir “alyans”, “soyuz” emas, biz qo‘shni davlatlardan bizning ehtiyojimiz uchun zarur bo‘lgan nafaqat tabiiy gaz, balki elektr energiyani ham olyapmiz. Elektr energiyasi va tabiiy gazning ichki iste’molini ta’minlash maqsadida import qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti. Bunda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, o‘zimizning energiya tarmoqlarni kimgadir berib yuborish orqali emas, oldi-sotdi, tijoriy shartnomalar asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti”, deydi Mirhamahmudov. 

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Putin To‘qayevga uch davlatning gaz bo‘yicha ittifoqini tuzish rejalarini aytgan va bu masala O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilish niyati borligini bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing