O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi taqvimi o‘zgardi
Sport
−
18 Sentabr 2023 7218 1 daqiqa
Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining musobaqadagi taqvimiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston “C” kvartetida Afg‘oniston, Suriya va Gonkong jamoalariga qarshi o‘ynashi kerak edi, biroq guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg‘oniston futbol jamoalari XIX Osiyo o‘yinlarida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan.
Vaziyatdan chiqish maqsadida o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi bu holat bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan ikki jamoa ishtirokni davom ettirishi ma’lum qilingan. Shu bois, endi O‘zbekiston va Gonkong jamoalari o‘zaro ikki uchrashuvda kuch sinashgan holda guruh g‘olibini aniqlab oladi. Yangi taqvim bo‘yicha o‘yinlar 22 va 25 sentyabr sanalariga belgilandi.
Live
Barchasi