O‘zbekiston oktyabrda Marokash bilan o‘ynashi mumkin
Sport
−
11 Sentabr 2161 2 daqiqa
Marokashning Tenjer shahridagi “Grand” stadioni qayta rekonstruksiya qilindi. Stadionning qayta ochilish marosimida Marokash va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi reja qilingan. Bu haqda “Morocco world news” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Marokash terma jamoasi Eritreyaga qarshi bahs o‘tkazishi reja qilingandi, biroq bu terma jamoa o‘rtoqlik o‘yinini bekor qildi. Shundan so‘ng Marokash terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasiga taklif bilan chiqqan. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda.
O‘yin 6-14 oktyabr kunlari FIFAning xalqaro oynasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aniq sana hozircha ma’lum emas. Marokashning asosiy maqsadi jismoniy va taktik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun turli futbol uslublarida o‘zini sinab ko‘rishdir. O‘yin mamlakatdagi eng katta stadion — 75 000 dan ortiq o‘rindiqqa ega Tanjerdagi “Grand” stadionida o‘tkaziladi va u ushbu arenaning dastlabki rasmiy uchrashuvi bo‘ladi. Bu stadion allaqachon katta uchrashuvlar, Ispaniya Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va 2023 yil mart oyida Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga mezbonlik qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Marokash terma jamoasi ham Jahon chempionati 2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Marokash saralash guruhining so‘nggi o‘yinini joriy yilning 10 oktyabr sanasida Kongo Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 oktyabr kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi Malayziyada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Live
Barchasi