O‘zbekiston qamoqxonalarida qancha qirg‘izistonlik borligi aytildi

3-sahifa

image

O‘zbekiston qamoqxonalaridagi Qirg‘iziston fuqarolari soni 55 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Qirg‘iziston Bosh prokurori Maqsadbek Asanaliyev Jogorku Kenesh yig‘ilishida ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mazkur mahbuslarning 9 nafarini Qirg‘iziston qaytarish bo‘yicha hujjatlar to‘plangan va O‘zbekistonga yuborilgan. 

Hozirda Bosh prokuratura butun respublika bo‘ylab kerakli hujjatlarni yig‘moqda, shundan so‘ng ishlar O‘zbekiston hududida sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, Bosh prokuror mazkur jarayonlar rasmiy tartiblar sabab cho‘zilayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tomoni o‘z hududida jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini qaytarishga tayyor ekani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qamoqxona qirg'izistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing