Rossiyada qamalgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarilishi mumkin

Jamiyat

image

Rossiya tomoni o‘z hududida jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini mamlakatiga qaytarishga tayyor. Bu haqda Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova MDH Inson huquqlari komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Moskalkovaning ta’kidlashicha, Rossiya bunday topshirishni amalga oshirishga tayyor, lekin O‘zbekiston hozircha mahkumlarni qabul qila olmaydi. Sababi – mamlakat 1998 yilda qabul qilingan, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni boshqa davlatga topshirish haqidagi xalqaro konvensiyani hali ratifikatsiya qilmagan.

Moskalkovaning tushuntirishicha, aynan shu konvensiyaga qo‘shilish orqali fuqarolarni boshqa davlatdan o‘z yurtiga olib kelib, jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoniyati yaratiladi.

Mazkur konvensiya Rossiyada allaqachon ratifikatsiya qilingan va u Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Armaniston hamda Qirg‘iziston kabi davlatlarda ham amal qiladi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, bir davlatda sudlangan fuqaro o‘z fuqaroligi bo‘lgan davlatga o‘tkazilib, jazoni o‘sha yerda o‘tashi mumkin.

Bu tizimning asosiy maqsadi – mahkumlarning ijtimoiy moslashuvini osonlashtirish va ularning insoniy sharoitlarda jazo o‘tashiga yordam berishdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Rossiyada hozirda vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni qariyb 1,3 millionni tashkil etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing