Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

Sport

image

O‘zbekistonlik sobiq futzalchi Nodir Eliboyev mamlakat terma jamoasi ustoziga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 14 fevral kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati tomonidan “O‘zbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025 – 2028 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi” hamda mamlakatning futzal terma jamoalari yangi bosh murabbiylari bilan tanishtirish tadbirida Eliboyev terma jamoa murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Shuningdek, tadbirda ayollar va boshqa yoshdagi mamlakat terma jamoalariga ham murabbiylar tayinlandi. Jumladan, Farrux Zokirov O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi ustozi deb e’lon qilindi. Konstantin Sviridov U-19 terma jamoasiga, Dilshod Rahmatov U-17 terma jamoasiga bosh murabbiylik qiladigan bo‘ldi.

Braziliyalik futzal mutaxassisi, Braziliya ayollar terma jamoasi murabbiyi Maurisio Teyshera O‘zbekiston futzal terma jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi deya e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

futzal Nodir Eliboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing