O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida avvalgi o‘rnidan ikki pog‘ona yuqorilab, 55-o‘rindan joy oldi. Bu haqda tashkilot tomonidan e’lon qilingan milliy jamoalarning yangilangan reytingida keltirilgan.  

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston MTJ Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan. Yaponiya MTJ umumiy reytingda 2 pog‘ona pastlab, 17-o‘rinni egallaganiga qaramay, qit’a miqyosida 1-o‘rinda qolmoqda. Uning ortidan Eron joy egallagan (20). Keyingi  o‘rinlarda ketma-ket Janubiy Koreya (23) va Avstraliya (24) bormoqda. Osiyo miqyosida Qatar milliy terma jamoasi o‘zbekistonliklardan oldinda bormoqda – 53-o‘rin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston MTJ so‘nggi ikki uchrashuvini Qatar va BAA jamoalariga qarshi o‘tkazdi. Jahon chempionati-2026 masalasini hal qilgan BAA bilan durang qayd etilgan bo‘lsa, saralashning so‘nggi o‘yinida Qatar Toshkentda 3:0 hisobida tor-mor etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston MTJ FIFA reytingi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing