O‘zbekiston FIFA reytingida 5 pog‘ona yuqoriladi
Sport
−
19 noyabr 8419 1 daqiqa
Joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanaffusdan so‘ng FIFA reytingi yangilandi. Misr va Eronga qarshi o‘yindagi g‘alabadan keyin O‘zbekiston terma jamoasi reytingda 5 pog‘ona yuqoriladi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan 5 pog‘ona yuqorilab, 50-o‘rindan joy olgan. Shuningdek, milliy terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etgan. O‘zbekistondan yuqorida, Avstraliya (26), Janubiy Koreya (22), Eron (20) va Yaponiya (18) milliy terma jamoalari o‘rin olgan. Hozirda O‘zbekiston MTJ reytingda 1462.03 ochko jamg‘argan.
Reytingda Ispaniya terma jamoasi 1-o‘rinni, Argentina terma jamoasi 2-o‘rinni, Dide Desham shogirdlari 3-o‘rinni saqlab qolgan.
Umumiy yuqori o‘nlik esa quyidagicha:
- Ispaniya
- Argentina
- Fransiya
- Angliya
- Braziliya
- Portugaliya
- Niderlandiya
- Belgiya
- Germaniya
- Xorvatiya.