O‘zbekiston dzyudo jamoasi Antalya turnirini bitta medal bilan yakunladi
Sport
−
03 aprel 2023 3044 1 daqiqa
Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z poyoniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur turnirda 1 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Og‘ir vazn toifasida bahs olib borgan o‘zbekistonlik dzyudochilar medallar uchun kurashni erta tark etdi. Shu tariqa, qizlardan -52 kg vazn toifasida Sita Qadamboyeva qo‘lga kiritgan bronza medali terma jamoa uchun yagona bo‘lib qoldi. Qadamboyeva bronza medali uchun bahsda ispaniyalik Estrella Sherifdan ustun kelib, faoliyatida ikkinchi bor “Katta dubulg‘a” musobaqasining bronza medali sohibiga aylandi.
Qayd etish joiz, avvalroq terma jamoa murabbiylar shtabi mazkur musobaqaga zaxira tarkib vakillarini jalb qilgandi. Musobaqadan so‘ng ishtirokchi davlatlar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashadi.
Live
Barchasi