O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni otishmani darhol to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara hududida vaziyatning keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Biz tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida hal etilishi lozimligini yana bir bor ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 fevral kuni Afg‘oniston Pokiston harbiy-havo kuchlarining afg‘on hududini bombardimon qilganiga javoban, butun “Dyurand chizig‘i” – Qobul tomonidan tan olinmagan ikki davlat o‘rtasidagi chegara bo‘ylab Pokiston harbiylariga qarshi harbiy operatsiya boshlagandi. Pokiston, o‘z navbatida, javob o‘ti ochilganini, keyinroq esa Afg‘oniston bilan “ochiq urush” boshlanganini e’lon qildi.

Bugun, 27 fevral kuni “Tolibon” muvaqqat hukumati Pokiston bilan chegarada yangi hujumlar to‘lqinini boshladi.

Hozirgi keskinlashuv 2025 yil oktyabr oyida boshlangan Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi mojaroning davomidir. Tomonlar bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatish haqida bayonot bergan, biroq chegarada tinchlik bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Islomobod Qobulni terrorchilarga boshpana berishda ayblamoqda, Afg‘oniston rasmiylari esa bu ayblovlarni rad etib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing