“Uzbekistan Airways” 17 ta samolyotini sotadi

Jamiyat

image
Transport vaziri O‘zbekiston aviatsiya bozoridagi xorij kompaniyalari haqida ma’lumot berdi north_east

Transport vaziri O‘zbekiston aviatsiya bozoridagi xorij kompaniyalari haqida ma’lumot berdi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 1982-2013 yillar orasida ishlab chiqarilgan Boeing va Il samolyotlari va trenajyor majmuasini sotuvga chiqarmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, sotuvga chiqariladigan samolyotlar orasida beshtadan Boeing va Il-76 TD, 7 ta Il-114-100 hamda Il-114-100 samolyot trenajyori bor.

Ularning o‘rnini quyidagilar bilan to‘ldirish belgilangan.

•    may oyida yangi oltinchi Boeing-787 samolyoti keltiriladi;
•    oktyabr oyida 3 ta Boeing-757-200 lizing beruvchiga qaytariladi;
•    joriy yil oxirigacha 2 ta A-321neo LR samolyotlari ijaraga olinadi;
•    2022 yilda esa 3 ta A-321 neo ijaraga olinadi.

Shu bilan birga, yuk tashuvchi samolyotlar soni 4 taga yetkaziladi.

Bundan tashqari, “Uzbekistan Helicopters” MCHJ havo kemalari parki ham modernizatsiya qilinadi. May oyida Mi-8 vertolyotlari sotuvga qo‘yiladi. 2 ta H125 Airbus va 2 ta H130 Airbus vertolyotlari sotib olinadi.

Avvalroq, “Uzbekistan Airways” foydalanilmayotgan 12 ta samolyotini sotishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Baholaganlar

460

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing