O‘zbek-xitoy vaksinasining “buster” dozasi “omicron”dan himoya qilishi aytildi
Salomatlik
−
10 yanvar 2022 11243 1 daqiqa
ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasining kuchaytirilgan dozasi “omicron”dan 100 foiz himoya qiladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Shahlo Turdiqulova ma’lum qildi.
Mutaxassisga ko‘ra, “omicron”ning dunyo bo‘ylab tez tarqalishini inobatga olsak, uning O‘zbekistonda paydo bo‘lishi vaqt masalasi bo‘lgan.
“Ilg‘or texnologiyalar markazi rahbari sifatida ZF-UZ-VAC2001 sinovlarida va virusli mutatsiyalarni o‘rganishda faol ishtirok etarkanman, mamlakatimizdagi eng ommabop o‘zbek-xitoy vaksinasi ustida olib borilgan tadqiqotlar yangi shtamm bo‘yicha yaxshi natijalarni ko‘rsatayotganini aytishim mumkin. Vaksinaning kuchaytirilgan — buster dozasi “omicron”dan deyarli 100 foizhimoya qiladi. Xitoylik hamkasblarimiz ham buni tasdiqladilar”, degan Shahlo Turdiqulova.
Unga ko‘ra, maxsus komissiya yig‘ilishida aholini, shu jumladan ZF-UZ-VAC2001 ning kuchaytirilgan dozalari bilan emlashni zudlik bilan tezlashtirish masalasi ham muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning “omicron” shtammiga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Yangi shtamm kirishi bilan mamlakatda karantin cheklovlari kuchaytirildi.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari talabalari va maktab o‘quvchilarining qishki ta’tili 24 yanvargacha uzaytirildi.
Live
Barchasi