O‘zbek bokschilarining “Stranja” turniridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
20 fevral 2023 3619 1 daqiqa
19-26 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks olamida katta nufuzga ega “Stranja” an’anaviy 74-xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqada ishtirok etadigan o‘zbekistonlik bokschilarning raqiblari ma’lum bo‘ldi.
Bugun, 20 fevral kuni 7 nafar o‘zbek bokschisi ringga ko‘tariladi. Erkaklar o‘rtasida Asilbek Jalilov, Dilshod Abdumurodov, Behzod Hamidov, Iqboljon Xoldorov va Saidjamshid Ja’farov turnirdagi ilk jangini o‘tkazsa, ayollardan Muxlisa Xushvaqtova va Saidaxon Rahmonova kun dasturida o‘z ishtirokini boshlaydi.
Taqvim:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova – Naim Fey (Irlandiya) (16:00, B ring);
-51 kg: Asilbek Jalilov – Gumush Samet (Turkiya) (17:40 dan so‘ng, B ring);
-60 kg: Dilshod Abdumurodov – Artur Tiniyev (Yevropa boks konfederatsiyasi) (17:55 dan so‘ng, B ring);
-67 kg: Behzod Hamidov – Pavel Fyodorov (Serbiya) (19:10 dan so‘ng, B ring);
-71 kg: Iqboljon Xoldorov – Vanderson de Oliveyra (Braziliya) (19:20 dan so‘ng, A ring);
-71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Kapuler Miroslav (Isroil) (19:35 dan so‘ng, A ring);
-48 kg: Saidaxon Rahmonova – Karmen Ortega (Ispaniya) (21:40 dan so‘ng, B ring).
Live
Barchasi