Urbanizatsiya qömitasi quriliş kompaniyalari böyiça mojarolarga munosabat bildirdi

Jamiyat

−

image

Sönggi kunlarda turli quriliş kompaniyalari, xususan, “Imarat Development” quriliş kompaniyasi faoliyati, uy-joyni topşiriş muddatlarining buzilişi, xaridorlarga mablağlarning qaytarilmasligi, şuningdek, quruvçi kompaniya rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani bilan boğliq vaziyat jamoatçilik muhokamasiga sabab bölmoqda. Uşbu holat fonida Urbanizatsiya milliy qömitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Bildirilişiça, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi uy-joy sotib oliş uçun mablağ kiritgan fuqarolarning va’da qilingan xonadonlar va pullarini qaytarib oliş imkoniyatisiz qolişini yöl qöyib bölmas, holat deb hisoblaydi.

Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida hozirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida körib çiqilayotgan “Köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonun loyihasi bilan eskrou hisobvaraqlari tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Uşbu mexanizm xaridorlar mablağlarini maxsus bank hisobvaraqlariga joylaştiriş va ularni quruvçilarga faqat belgilangan şartlar bajarilgandan keyingina ötkazişni nazarda tutadi. Bu firibgarlik hamda fuqarolar mablağlaridan maqsadsiz foydalaniş xavfini sezilarli darajada kamaytiriş imkonini beradi.

Qayd etilişiça, eskrou mexanizmi, şuningdek, qurilişning uzluksizligini ta’minlaşni, jumladan, loyihani amalga oşirişda jiddiy muammolar yuzaga kelganda boşqa quruvçini tezkor jalb qiliş imkoniyatini ham nazarda tutadi. Bu quruvçi öz majburiyatlarini bajara olmagan taqdirda ham qurilişning yakunlanişini ta’minlaydi.

“Milliy qömita xaridorlar mablağlarini işonçli himoya qiliş, quruvçilar tomonidan majburiyatlarning sözsiz bajarilişi hamda bozorning vijdonli iştirokçilari uçun şaffof va teng şaroitlar yaratiş uy-joy qurilişining asosi bölişi lozim, deb hisoblaydi”, deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, eskrou tizimini imkon qadar tezroq joriy etiş bunday inqirozli vaziyatlarning oldini oliş va fuqarolarning qurilayotgan uy-joylar bozoriga bölgan işonçini tiklaş uçun zarur qadam hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, keça, 1 noyabr kuni Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi ofisi Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şoh köçasida joylaşgan “Imarat Development” mas’uliyati çeklangan jamiyat rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatgandi. Bugun, 2 noyabr kuni “Imarat Development” loyihasi bilan boğlik iş doirasida Marat Hamdamov va J.A. protsessual tartibda qölga olingani ma’lum böldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing