“US Open” turnirida finalchilar aniqlandi
Sport
−
10:08 273 1 daqiqa
Bugun, 12 sentyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilayotgan “US Open” turnirining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida finalchilar aniqlandi.
2026 yilgi “US Open” chempionligi uchun dunyoning ikkinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev va amerikalik Ben Shelton (9-o‘rin) o‘zaro bahs olib boradi.
Turnirda 1-raqam ostida saralangan Zverev yarim finalda rossiyalik Karen Xachanovni (50-o‘rin) 6:3, 7:6, 7:6 hisobida mag‘lub etdi.
Shelton esa yarim finalda o‘z vatandoshi, dunyo reytingida 12-o‘rinda turgan Frensis Tiafoni 4:6, 6:3, 6:3, 7:5 hisobida taslim qildi.
Bu yil “US Open” g‘olibi 5,5 million dollar mukofot puli va 2000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. O‘tgan yili turnirda ispaniyalik Karlos Alkaras g‘olib chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik Yelena Ribakina va belaruslik Arina Sobolenko ayollar o‘rtasidagi “US Open” finaliga chiqqani haqida xabar berilgandi. Ushbu final bugun, 12 sentyabr kuni tunda Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasidagi final bahsi esa ertaga, 13 sentyabr kuni soat 23:00 da bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi