US Open: Denis Istomin ilk davradayoq musobaqa bilan xayrlashdi
Sport
−
25 avgust 2021
2805Avval xabar berganimizdek, kecha, 24 avgust kuni AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi US Open turniriga start berildi. Unda o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin amerikalik Jefri Volfga qarshi kortga chiqib, mag‘lubiyatga uchradi.
Musobaqaning saralash bosqichida O‘zbekistonning birinchi raketka ustasi Denis Istomin ATP reytingining 157-pog‘onasini egallab turgan Jon Volfga 7:5, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 1 soat 24 daqiqa davom etgan uchrashuvda g‘alaba qozongan Volf ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin ATP reytingida 207-o‘rinni egallab turibdi. U so‘nggi bor Tokio Olimpiadasining ilk davrasida hindistonlik Sumit Nagalga 4:6, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, US Open’da bir hafta davomida saralash o‘yinlari o‘tkaziladi. Joriy yilning 30 avgust kunidan boshlab asosiy to‘r bahslariga start beriladi. Musobaqa g‘olibi pul mukofotidan tashqari 2000 reyting ochkosiga ham ega bo‘ladi.
LiveBarchasi