Urushni tugatish uchun Donbassni bo‘lib berish kerak – Tramp
Olam
−
20 Oktabr 2025 7700 2 daqiqa
Ukrainaning Donbass mintaqasi “bo‘linishi” kerak, shunda urushga barham berish mumkin bo‘ladi. Bu haqda kecha, 19 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya–Ukraina urushi bo‘yicha o‘z qarashini bildirib, jurnalistlarga aytib o‘tdi.
“Hammasini hozirgi holatda qoldirish lozim. U allaqachon bo‘lingan. Menimcha, mintaqaining 78 foizi Rossiya tomonidan egallab olingan. Keyinchalik ular bir-birlari bilan biror kelishuvga erishishi mumkin. Lekin hozir har ikki tomon front chizig‘ida to‘xtashi kerak – uylariga qaytishsin, janglarni to‘xtatishsin, odam o‘ldirishni bas qilishsin”, dedi Tramp prezidentlik samolyoti Air Force One bortida jurnalistlar savoliga javoban.
Shu bilan birga, Tramp 19 oktyabr kuni avvalroq “Financial Times” nashrida chop etilgan maqoladagi ma’lumotni rad etdi. O‘sha xabarda aytilishicha, go‘yo u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda uni Rossiyaga butun Donbassni berishga chorlagan, aks holda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina “halokatga uchratadi”, deb tahdid qilgan.
Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Tramp Hindiston haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi unga Rossiya nefti importini cheklashga va’da bergan.
“Agar bu amalga oshmasa, Nyu-Dehli ulkan tariflarni to‘lashda davom etadi”, dedi AQSH Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Tramp Modi unga Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirganini aytgan edi. Biroq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Tramp va Modi o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lganidan xabardor emasligini bildirdi.
Live
Barchasi