Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

Umid qilamanki, Rossiyani futbol olamiga qaytaramiz – Infantino

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Belgradda bo‘lib o‘tgan Yevropa futbol assotsiatsiyalari (UEFA) kongressida Rossiya jamoalari tez orada xalqaro musobaqalarga qaytishiga umid bildirdi.

“Dunyomiz ikkiga bo‘lingan, biz odamlarni birlashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak. Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Umid qilamanki, kitobning tez orada bu sahifasini o‘tkazib yuboramiz va Rossiyani futbol olamiga qaytaramiz, bu esa hammasi ijobiy hal bo‘lganini anglatadi”, deydi Infantino

Qayd etish joiz, 2022 yil fevral oyidan beri Valeriy Karpin jamoasi faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi. Mart oyida Rossiya terma jamoasi Grenada va Zambiya terma jamoalari bilan o‘ynab, umumiy hisobda 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Janni Infantino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing