Ukrainani 2023 yil boshida og‘ir oqibatlar kutyapti – BMT
Olam
−
17 noyabr 2022 9536 1 daqiqa
Rossiyaning Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishi oqibatlari kelgusi qish oylarida jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida bosh kotibning siyosiy va tinchlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo ogohlantirdi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.
14 noyabr holatiga ko‘ra, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi 16631 nafar tinch aholi qurbonlarini qayd etgan. Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri 6557 kishi halok bo‘lgan va 10074 kishi jarohatlangan.
“Qayta aytaman: tinch aholiga va fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra taqiqlangan”, deydi Rozmari A. DiKarlo.
U so‘zida davom etarkan, Polshaga raketa qulashi Ukraina urushi bo‘yicha dahshatli eslatma bo‘lganini urg‘uladi.
“Urushning oxiri ko‘rinmaydi. U davom etar ekan, potensial halokatli oqibatlar xavfi haqiqiy bo‘lib qoladi. Polshada, Ukraina chegarasi yaqinida sodir bo‘lgan voqea har qanday keskinlashuvning oldini olish zarurati haqida dahshatli eslatma bo‘ldi”, deydi u.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari o‘rinbosari chegara yaqinidagi hodisada halok bo‘lgan ikki Polsha fuqarosining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Live
Barchasi