Ukrainaliklar, hech qachon taslim bo‘lmang – Ilhom Aliyev
Olam
−
21 iyul 5123 7 daqiqa
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 19 iyul kuni Xonkendida bo‘lib o‘tgan uchinchi Shusha xalqaro media-forumida qantashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi. Ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonning savoliga javob berar ekan, Prezident Aliyev 3 yildan beri Rossiya bosqiniga qarshi kurashayotgan mamlakat va uning aholisiga hech qachon taslim bo‘lmaslikni maslahat berdi.
“Hurmatli janob Prezident, biz Ukrainada Ozarbayjonning Sizning rahbarligingizda o‘z zaminini, o‘z hududini qaytarib olganini hayrat bilan kuzatdik. Bu biz uchun juda ilhomlantiruvchi misol va, albatta, ukrainaliklar Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagashingizni qayta-qayta ochiq bildirganingiz uchun sizdan minnatdor. Bu unutilmaydi. Mana ko‘p yillar davomida biz Ukraina davlatining mavjudligi xavf ostida turgan eng og‘ir jang, eng og‘ir urush sharoitida yashayapmiz. Siz g‘olib xalq rahbari sifatida Ukraina va ukrainaliklarga qanday maslahat bera olasiz?” dedi jurnalist.
“Mamlakatimiz haqida, suverenitet va hududiy yaxlitlikni tiklash yo‘lida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida aytgan so‘zlaringiz uchun tashakkur. Men bir necha yil oldin bir tadbirda Ukraina vakilining taxminan shunday savoliga javob berish imkoniyatiga ega bo‘lgandim. Mening javobim o‘shanda aytganlarimdan farq qilmaydi. Menimcha, bu Ukraina xalqining intilishlariga mos keladi: hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmang! Bu asosiy maslahat. Bu biz qilgan ish. To‘g‘rirog‘i, biz bu jarayonni qanday ko‘rishimiz.
Birinchi Qorabog‘ urushi og‘ir, fojiali, ko‘p qurbonlar bo‘lgan, Xo‘jalida ozarbayjonlarning genotsidi bo‘lgan, aytmoqchi, u bu yerdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan.
Mojarodan keyingi davr ma’naviy nuqtai nazardan ham, iqtisodiy jihatdan ham qiyin edi. Bizda ro‘zg‘or manbaidan mahrum bo‘lgan bir million kishi bor edi: 700 mingdan ortig‘i Ozarbayjon tumanlaridan, Qorabog‘dan, shuningdek, Armanistonda yashab, deportatsiya qilingan 250 ming ozarbayjon. O‘sha paytda mamlakatimiz aholisi 8 million edi. Ya’ni, bu qochqinlar soni bo‘yicha aholi jon boshiga eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri edi.
Bizda pul yo‘q edi, g‘azna bo‘sh edi, amalda hech kim bizni qo‘llab-quvvatlamadi, hech kimdan jiddiy xalqaro yordamga ega emas edik, iqtisodiyot vayron bo‘lgan, inflyatsiya 1000 foiz, ishsizlik avj olgan va qashshoqlik allaqachon 100 foizga yaqinlashgan edi. Haydar Aliyev hokimiyat tepasiga kelganida Ozarbayjon shunday edi. Xalqimiz omadi kelib, u og‘ir damlarda xalqqa murojaat qilgan va bu og‘ir yukni o‘z zimmasiga olgan shunday shaxs bo‘lgan. Garchi u yosh bo‘lmasa-da, u allaqachon 70 yoshda edi, uning sog‘lig‘i unchalik yaxshi emas edi, u og‘ir kasallikka chalingan edi, lekin vaziyatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, o‘sha paytda fuqarolar urushi bo‘lgan. Va asta-sekin biz ko‘tarila boshladik, jonlana boshladik. Biz faqat bir narsani o‘yladik – ishonchim komilki, fuqarolarimizning mutlaq ko‘pchiligi aytganlarimga qo‘shiladi – biz bosib olingan hududlarni qanday qaytarish haqida o‘yladik. Bu qiyin bo‘lishini tushundik.
Avvalo, relef. Siz bu yerga Fuzuliydan keldingiz. 17 oktyabrda Fuzuliy shahri ozod qilindi va shundan so‘ng Qurolli Kuchlarimiz deyarli Xonkendi atrofida mavjud bo‘lmagan yo‘l bo‘ylab piyoda yurib, Shusha qoyalariga ko‘tarildi. Biz hamma narsaga tayyor ekanligimizni jang maydonida isbotlab, o‘limga, 5-6 qator istehkomlarga bordik. Shuning uchun hammamiz shu maqsadda yashadik. Ota-bobolarimizdan qolgan hududlarimizni qaytarish uchun.
Relef bizga qarshi edi, xalqaro vaziyat bizga qarshi edi. YeXHTning Minsk guruhi hamraislari, har biri o‘z sabablariga ko‘ra, Armaniston tomonida edi va har biri bu vaziyatni abadiy davom ettirishga harakat qildi. Va bu status-kvo o‘zgarmadi. Hatto ba’zida biz hamrais davlatlar nomidan qandaydir bayonotni aql bovar qilmaydigan diplomatik sa’y-harakatlar bilan amalga oshirishga muvaffaq bo‘lganimizda, bir muncha vaqt o‘tgach, barchasi rad etildi.
Hozir eslayman, biz o‘shanda AQSH, Fransiya va Rossiya prezidentlari darajasida status-kvo qabul qilib bo‘lmas ekani e’lon qilinganini ishtiyoq bilan qabul qilgan edik. Va bu jiddiy bayonot edi, biz bunga erishishimiz uchun juda uzoq vaqt kerak bo‘ldi. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tgach, ular faqat bitta so‘zni o‘zgartirdi va “qabul qilib bo‘lmas” o‘rniga “beqaror” deyishdi. Ya’ni, ular bizga qabul qilish mumkinligi haqida signal berishdi. Ya’ni, ular qandaydir maskalarni yechib, ha, buni qabul qilsa bo‘ladi dedi. Bu Armaniston uchun ham, Minsk guruhi hamraislari uchun ham, qator davlatlar uchun ham qabul qilsa bo‘ladi. Buning faqat biz uchun qabul qilinishi mumkin emas edi. Muzokaralar jarayoni yillarida - va men 2003 yil oxiridan buyon unda ishtirok etdim - 17 yil davomida juda ko‘p takliflar, ko‘plab uchrashuvlar bo‘ldi, ehtimol unchalik foydali bo‘lmagan va reallik bilan kelishib olishimiz kerak bo‘lgan ko‘plab messejlar. Bu real vaziyat. Siz u bilan kelishishingiz kerak. Men “yo‘q” deganimda, bu kuchlarga qarshi chiqish, qandaydir noadekvat munosabat sifatida qabul qilindi.
Xo‘sh, asosiy va umumiy ko‘rinish shunday edi – Ko‘rdingizmi, ular rozi emas, ayirmachilarga shartli ravishda mustaqillik berish evaziga nimadir taklif qilishyapti, lekin rozi emas.
Xalqaro huquq, BMT Xavfsizlik Kengashi arman qo‘shinlarini olib chiqib ketish talabi bilan to‘rtta rezolyutsiya qabul qilgani, Minsk guruhi hamraislarining o‘zlari ushbu rezolyutsiya uchun ovoz bergani haqidagi barcha dalillarimiz, bularning barchasi reallik bilan murosaga kelish uchun takabburlik ruhi devoriga urildi. Xo‘p. O‘shanda biz yangi realliklarni yaratamiz, keyin siz u bilan kelishasiz, deb qaror qildik. Va shunday bo‘ldi. Biz 44 kun ichida 2020 yilda yangi realliklarni yaratishni boshladik. Va ular bu bilan kelishishga majbur bo‘lishdi. Va keyin 2023 yil sentyabr oyida bir kunda, ular ham kelishishga majbur bo‘lishdi. Shuning uchun men boshida aytganlarimni ochib berish uchun bu savolga biroz kengroq javob beraman.
Boshida aytganlarim juda oddiy va qandaydir bahonadek tuyulishi mumkin, ammo buning ortida biz urushda ham, muzokaralar stolida ham, suverenitetimizni to‘liq tiklaganimizdan keyin ham boshdan kechirganlarimiz turibdi.
Ayrim xorijlik aktorlar tomonidan qilingan barcha tahdidlar, bosimlar, shantajlar va boshqa nomaqbul xatti-harakatlar haqida gapiradigan bo‘lsam, bu unchalik yoqimli ko‘rinish bo‘lmasa kerak. Bundan tashqari, buning uchun alohida yig‘ilish kerak bo‘ladi.
Ammo aytganlarimga qaytsak: hech qachon taslim bo‘lmang va hududiy yaxlitlikning buzilishini hech qachon qabul qilmang.
Bu yerda o‘zbekistonlik do‘stimiz otam haqida so‘radi. Bilasizmi, u ham hammamiz qatori Qoraboqqa qaytadigan shu kunni ko‘rishimizni hammadan ham ko‘proq xohlagan edi. Lekin bu ish bermadi. Biz bu yerlarni ozod qilgunimizcha men 17 yil prezident bo‘ldim. Va agar bizda imkoniyat bo‘lmaganida, ehtimol yana 17 yil kutgan bo‘lardik. Va bu men haqimda emas va bu shuningdek, menimcha, ukrainaliklar uchun muhim.
Gap shaxsiyatda ham, ambitsiyalarda ham emas, gap shundaki, siz bizdan oldingi ajdodlar oldida, bizdan keyin yashaydigan avlodlar oldida javobgarlikni his qilishingiz kerak. Agar men hududlarni qaytarib bera olmasligimizni bilganimda, biz yana 17 yil va balki yana 17 yil kutgan bo‘lardik. Va bu men bo‘lmagan bo‘lardim, lekin bu muhim emas edi. Va men, qoida tariqasida, buni boshqa birov qilishiga ma’naviy jihatdan tayyor edim. Lekin shuni tushundimki, men buni qilmasam, boshqa birov buning uddasidan chiqishi dargumon. Bu qandaydir o‘ziga bino qo‘yishdek tuyulmasin. Ammo men hozir o‘ylagan narsam va xotiralarimni baham ko‘rdim.
Va oxirgi narsa. Mening adolatga bo‘lgan ishonchim, xuddi men muntazam uchrashib, ularga: ishoning, biz qaytamiz, deb aytgan sobiq qochqinlarimizniki kabi deyarli yo‘qolgan edi. Yil o‘tgan sayin ularning ko‘zlarida ishonch kamayib borayotganiga guvoh bo‘ldim. Ularning ko‘zlarida ko‘rish mumkin, ular menga yaxshi narsalarni aytishlari mumkin, ha, biz ishonamiz. Ammo ularning ko‘zlarida hamma narsani ko‘rish mumkin. Mening esa adolatga ishonchim kam edi.
Ammo bizning G‘alabamiz adolatli G‘alaba va to‘liq G‘alaba, unda adolat borligini, faqat unga erishish kerakligini aytadi. Bunga erishish uchun esa har kuni mehnat qilish, har kuni g‘alabani yaqinlashtirish kerak, ayniqsa, yakuniy qaror sizga bog‘liq bo‘lsa, hayotingizni bunga bag‘ishlashingiz kerak. Bu sodir bo‘lishining yagona yo‘li.
Va, albatta, eng muhim omil – jamiyatning birlashishi. Menga Prezident, Oliy Bosh qo‘mondon sifatida ma’naviy kuch-quvvat bag‘ishlagan birlashish va men orqamda jamiyat va xalq turishiga ishonchim komil edi. Va bu, ehtimol, hal qiluvchi omillardan biri edi. Shunday qilib, men boshlagan joyimga qaytaman – hech qachon taslim bo‘lmang!” dedi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr