Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
Jamiyat
−
02 iyun 5468 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan joriy yilning 4-5 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida o‘tadigan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
O‘zbekiston yetakchisi jahon iqtisodiyotidagi vaziyat, O‘zbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi, shuningdek, mamlakatni rivojlantirishning bugungi ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tadi.
Tashrif dasturida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazish hamda O‘zbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 may kuni Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun Rossiyaga borgan edi.
Live
Barchasi