Ukrainadagi vokzalda granata portladi. Qurbonlar bor
Olam
−
24 Oktabr 5404 1 daqiqa
Bugun, 24 oktyabr kuni Ukrainaning Jitomir viloyatiga qarashli Ovruch shahridagi temiryo‘l vokzalida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 4 kishi vafot etgan, 12 nafari tan jarohati olgan. Bu haqda Jitomir viloyati politsiyasi xabar berdi.
Mahalliy huquq-tartibot organlariga ko‘ra, taxminan soat 10:50 da chegara xizmati xodimlari poyezd yo‘lovchilarining hujjatlarini tekshirish jarayonida perronda turgan erkak portlovchi qurilmani chiqarib, uni ishga tushirgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida granatani portlatgan shaxs – 23 yoshli Xarkov viloyati fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, 29, 58 va 82 yoshli Korosten tumanida yashovchi uch nafar ayol, jumladan, chegara xizmati xodimi ham vafot etgan. Soat 13:30 holatiga ko‘ra, 12 nafar jarohatlangan shaxs tibbiyot muassasalariga yetkazilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyida politsiya, portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar hamda kriminalistlar ishlamoqda. Holat Ukraina Jinoyat kodeksining 115-moddasi (qasddan odam o‘ldirish), 348-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi hayotiga tajovuz) va 263-moddasi (qurol-yarog‘ va portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash) bo‘yicha tergovga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Kopeysk shahrida joylashgan korxonada yuz bergan portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgandi, yana 5 kishi jarohat olgan edi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi