Ukrainadagi barcha IESlar faoliyati to‘xtadi
Olam
−
08 noyabr 9725 1 daqiqa
Bugun, 8 noyabr kuni Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainaning barcha davlat issiqlik elektr stansiyalari faoliyati to‘xtagan va endi elektr energiyasi ishlab chiqarmayapti. Bu haqda “Sentrenergo” matbuot xizmati o‘zining Facebook sahifasida xabar berdi.
“Biz to‘xtadik... Hozir – nol ishlab chiqarish. Nol! Biz sutkada tiklagan narsamizni butunlay yo‘qotdik. To‘liq!” deyiladi xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa zarbalar Ukrainadagi harbiy va energetika ob’ektlariga hamda ular bilan bog‘liq infratuzilmaga yo‘naltirilayotganini iddao qilgan.
Ma’lumot uchun, “Sentrenergo” – Ukrainadagi eng yirik elektr energetikasi korxonalaridan biri bo‘lib, mamlakatdagi yagona davlatga qarashli energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir. Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari – Ukraina elektr energiyasi ulgurji bozoriga yetkazib beriladigan elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqishdan iborat.
Kompaniyaning mamlakat bo‘yicha umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmidagi ulushi qariyb 8 foizni, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish tarkibidagi ulushi esa 18 foizni tashkil etadi. “Tsentrenergo” Ukrainadagi energiya muvozanatini ta’minlash va tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning oktyabr oyida Rossiya Ukrainaga 2023 yil boshidan beri hisoblaganda eng ko‘p raketa hujumlarini uyushtirgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi