Ukrainada deputatlar Trampni Nobelga nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlamadi

Olam

image

Ukraina Oliy Radasi AQSH Prezidenti Donald Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlash haqidagi taklifni rad etdi. Bu haqda “Strana” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 450 deputatdan atigi 132 nafari “ha” deb ovoz bergan.

“Radada Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surishni istaganlar yetarli bo‘lmadi”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, joriy yilning sentyabr oyi oxirida Ukraina Oliy Radasi ma’lumotlar bazasida parlamentning Donald Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surish masalasida Nobel qo‘mitasiga murojaat qilish haqidagi qaror loyihasi paydo bo‘lgan. O‘shanda bu tashabbusni faqat “Xalq xizmatchisi” partiyasining bitta deputati qo‘llab-quvvatlagan, bu esa mazkur g‘oya Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’muriyati bilan kelishilmaganini anglatadi.

Ma’lumot uchun, ertaga, 10 oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi Tinchlik bo‘yicha mukofot laureatini e’lon qiladi. Donald Tramp esa ushbu mukofotni olishni juda xohlayotganini bir necha bor ta’kidlagan. U o‘zini muvaffaqiyatli tinchlikparvar deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp faol ravishda o‘zini Nobel tinchlik mukofoti nomzodlari qatoriga kiritish uchun kampaniya olib borayotgani haqida xabar berilgan edi. Prezidentning fikricha, na u va na AQSH 2020 yilda imzolangan Ibrohim kelishuvlari – Isroil va bir nechta arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuvlar uchun yetarlicha e’tirof olmagan. Bu bitimlar Trampning birinchi prezidentlik muddati davrida tuzilgan. Shuningdek, Tramp 2025 yilning yanvar oyida Oq uyga qaytgach, kamida olti urushni to‘xtatganini urg‘ulaydi (umuman olganda u to‘qqizta mojaroda ishtirok etgan). U bunga Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi, shuningdek, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarni misol qilib keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina Nobel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing