Ukrainada 2 ta samolyot to‘qnashdi. Qurbonlar orasida taniqli uchuvchi bor
Olam
−
27 avgust 2023
17549Ukrainada ikkita L-39 jangovar o‘quv samolyoti havoda to‘qnashib ketdi. Bu haqda mamlakat Harbiy-havo kuchlari ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, to‘qnashuv oqibatida uch nafar uchuvchi halok bo‘lgan. Jumladan, ularning orasida 40-taktik aviatsiya brigadasining taniqli uchuvchisi bo‘lgan. “Juice” taxallusli Andrey Pilshikov MiG-29 qiruvchi samolyotini boshqargan. To‘liq miqyosli bosqinning boshida Kiyev havo mudofaasida qatnashgan.
2018 yilda u Clear Sky xalqaro mashg‘ulotlarida ishtirok etgan, unga shu vaqtda amerikaliklar “Juice” chaqiruv belgisini bergan.
“Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz. Bu barchamiz uchun og‘riqli va tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir”, deyiladi bayonotda.
Mamlakat bosh tergov byurosi aviahalokat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ishning dastlabki kvalifikatsiyasi Ukraina Jinoyat kodeksining 416-moddasi (parvoz qoidalarini buzish yoki ularga tayyorgarlik ko‘rish)dir.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Avstraliya shimolida bortida AQSH dengiz piyodalari bo‘lgan harbiy vertolyot halokatga uchragandi.
LiveBarchasi