Ukraina yana Patriot tizimi sotib oladi – Zelenskiy
Olam
−
08 noyabr 2025 3332 1 daqiqa
Ukraina hamkor davlatlar bilan birgalikda qo‘shimcha Amerikaning Patriot zenit-raketa tizimlarini xarid qilish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
“Biz hamkorlar, xususan, AQSH bilan birgalikda qo‘shimcha Patriot tizimlarini sotib olish uchun ishlayapmiz, bu borada qo‘llab-quvvatlashga katta umid bildiramiz”, deydi Zelenskiy.
U “Yevropada, Amerikada va Osiyoda yordam berishga harakat qilayotgan barchaga” minnatdorlik bildirib, “qarorlar qabul qilinadi”, deb va’da bergan.
Zelenskiy, shuningdek, o‘tgan tun davomida Ukraina Mudofaa kuchlari 400 dan ortiq dronni zararsizlantirganini va ayrim raketalarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lganini aytgan. U ballistik va aero-ballistik raketalarga qarshi kurashish “juda murakkab” ekanini, dunyoda “bunday raketalarni urib tushira oladigan tizimlar juda kamligini” ta’kidlagan. Shu sababli Ukrainaga “ko‘proq tizimlar va ularga ko‘proq raketalar” zarurligini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Ukrainaga Patriot zenit-raketa tizimlarini topshirgandi. Zelenskiyning aytishicha, havo hujumlari Putinning bu urushdagi asosiy quroli bo‘lib qolmoqda, chunki u o‘zining yerdagi maqsadlariga erisha olmasligini aynan havo orqali “qoplamoqchi”.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025