Ukraina O‘zbekistonning “Foton” zavodiga sanksiya kiritdi
Olam
−
08 dekabr 2023 16230 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tavsiyasiga ko‘ra yangi sanksiyalarni tasdiqladi. "Qora ro‘yxat"ga kiritilganlar orasida O‘zbekistondagi “Foton” elektronika zavodi va uning direktori Marifxo‘ja Saidumarov ham bor. Ro‘yxat Prezident devoni saytida e’lon qilindi.
“Foton” va uning direktori bilan birga 180 nafar jismoniy va 184 ta yuridik shaxsga nisbatan sanksiya kiritilgan.
Ularga nisbatan aktivlarni bloklash, davlat mukofotlaridan mahrum qilish, litsenziyalarni bekor qilish, Ukraina hududida tranzit va savdo operatsiyalarini cheklash, xususiylashtirishni taqiqlash va boshqa cheklovchi choralar qo‘llaniladi va sanksiya 10 yil davom etadi.
Ma’lumot uchun, “Foton” zavodi 1942 yilda tashkil etilgan va bugungi kunda 68 ming kvadrat metrga yaqin ikkita ishlab chiqarish quvvatiga ega. 296 nafar mutaxassis mehnat qilayotgan korxonaning 85,6% aksiyalari davlatga tegishli.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov rossiyalik investorlarga “Foton”ning 85,15 foiz aksiyalar paketini taklif qilib, O‘zbekistonda elektronika va elektrotexnika sohasida rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish, telekom-uskunalar, maishiy va sanoat robotlarini yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish taklifini ilgari surgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida ham Zelenskiy o‘zbekistonlik korxona va shaxslarga sanksiya kiritgani haqida ma’lum qilgan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025