Ukraina Tyumendagi gaz quvurini portlatib yubordi – “Bloomberg”
Olam
−
12 iyul 2025 18712 1 daqiqa
Joriy yilning 10 iyul kuni Tyumen viloyati Xanti-Mansi avtonom okrugi Langepas shahrida Orenburg, Chelyabinsk va Sverdlovsk viloyatlaridagi harbiy ishlab chiqarish ob’ektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan magistral quvurda portlash sodir bo‘ldi. Ukraina harbiy razvedkasi buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi xodimiga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi xodimi voqeani “maxsus operatsiya” deb atagan. Gazprom ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda mamlakat ichidagi iste’molchilar uchun quvur orqali qariyb 396 milliard kub metr gaz tushirilgan. Ob’ekt Moskvadan 3000 km uzoqlikda joylashgan.
UNIAN hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu gaz quvurining portlashi oqibatida ko‘rilgan zarar 1,3 million dollardan oshishi mumkin, bilvosita yo‘qotishlar esa 76 million dollarni tashkil qilishi mumkin.
Ukraina razvedkasining fikricha, botqoqli hududdagi murakkab geologik sharoitlar tufayli ta’mirlash ishlari kamida bir oy davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni qayta boshlaganini aytgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025