Ukraina Rossiyaning “soya floti”ga tegishli 13 ta kemaga zarba berdi

Olam

image

Ukraina Uchuvchisiz tizimlar kuchlari bugun, 18 iyulga o‘tar kechasi Qora va Azov dengizlarida Rossiyaning “soya floti”ga tegishli yana 13 ta kemaga zarba berdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.

Ukraina Uchuvchisiz tizimlar kuchlari qo‘mondoni Robert Madyar Brovdining so‘zlariga ko‘ra, zarba berilgan kemalar orasida sakkizta quruq yuk tashuvchi kema, bitta neft tankeri, bitta gaz tashuvchi tanker, bitta shatakka oluvchi kema hamda ikkita suzuvchi kran bo‘lgan.

Brovdi joriy yilning 6 iyulidan 18 iyuligacha davom etgan “MoLoCHKa” operatsiyasi doirasida Rossiyaning “soya floti”ga tegishli jami 172 ta kema nishonga olinganini bildirgan. Shundan 118 tasi Azov dengizida, 54 tasi esa Qora dengizda bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, operatsiyaning asosiy maqsadi Rossiyaning neft, yoqilg‘i va boshqa yuklarni xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda tashish logistikasini izdan chiqarishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Tambov va Moskva viloyatlaridagi logistika markazlariga hujum qilishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing