Ukraina Rossiyadan 1200 nafar harbiyning jasadini oldi (video)
Olam
−
14 iyun 6553 1 daqiqa
Kecha, 13 iyun kuni Ukraina Rossiyadan 1200 nafar halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining jasadini qabul qilib oldi. Bu haqda Ukraina Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha koordinatsion shtabi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jasadlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergovchilari va Ichki ishlar vazirligining ekspertlari ishtirokida identifikatsiyadan o‘tkaziladi. Bu repatriatsiya, ya’ni jasadlarning vatanga qaytarilishi joriy yilning 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralarda erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilgan.
Rossiya tomoni esa Ukraina hali o‘z zobitlarining jasadlarini qaytarmaganini bildirdi. Rossiya delegatsiyasiga yaqin manbalar bu holatni tasdiqlagan.
“Biz Ukrainaga 1200 ta jasad berdik. Ular esa bizga bitta ham jasad bermadi”, deydi harbiy muxbir Aleksandr Kots.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jasadlar almashinuvi 11 iyundan boshlab Istanbul kelishuvi asosida boshlangan bo‘lib, har ikki tomon jami 6000 nafargacha halok bo‘lgan harbiyni qaytarishi rejalashtirilgan. Shu kungacha Rossiya tomoni 1212 jasadni, Ukraina esa atigi 27 jasadni qaytargan.
Shuningdek, 9 iyun kuni tomonlar 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan harbiy asirlarni almashgan. Buning natijasida yaralangan va og‘ir yaralanganlar ham uylariga qaytarilgan. Ammo bu almashuvlar doirasida aynan qancha odam qaytarilgani rasmiy tarzda oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida kelishilgan harbiy asirlarni almashishning navbatdagi raundini o‘tkazgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi