Ukraina Rossiya neftni qayta işlaş quvvatlarining 55 foizini işdan çiqardi – Zelenskiy

Olam

−

image

Ukraina Mudofaa kuçlari Rossiyaning keskinlikni pasaytirişdan boş tortişiga javoban mamlakatdagi neftni qayta işlaş quvvatlarining 55 foizdan ortiğini işdan çiqardi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook’dagi saxifasida ma’lum qildi.

Zelenskiyning aytişiça, Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Mixaylo Drapatiy keça, 15 noyabr kuni unga, jumladan, Rossiyaga qarşi uzoq masofali zarbalar natijalari haqida axborot bergan.

Prezident Ukraina deyarli har kuni yangi natijalarga erişayotganini ta’kidlab, hozirgaça Rossiyaning neftni qayta işlaş quvvatlarining 55 foizdan ortiği işdan çiqarilganini bildirgan.

“Bu Rossiyaning keskinlikni pasaytirişdan boş tortişi va energetika infratuzilmamizga bergan zarbalariga munosib javobimiz”, degan Zelenskiy.

Avvalroq, Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya neft infratuzilmasiga uzoq masofali zarbalar berişdan közlangan asosiy natija işlab çiqariş, içki ta’minot va eksportga bir vaqtning özida bosim ötkaziş bölganini ma’lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Kirişi şahriga hujum qilgan edi. Hujumdan söng Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri – “Kirişinefteorgsintez”da yonğin çiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing