Ukraina Moskvaga dronlar bilan hujum qildi

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahriga yaqinlashayotgan 30 ta Ukraina droni bir kecha davomida Rossiya kuchlari tomonidan urib tushirildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, u ilk ikki dron haqida mahalliy vaqt bilan soat 22:04, oxirgisi haqida esa 03:47 da xabar bergan. Dronlar parchalari tushgan joylarda favqulodda xizmat mutaxassislari ish olib borgan.

Havo xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Domodedovo” va “Jukovskiy” aeroportlarida vaqtincha samolyotlar qabul qilish va uchirish cheklangan. Bu choralar parvozlar xavfsizligi uchun zarur bo‘lgani ta’kidlangan.

Cheklovlar haqida xabar “Domodedovo“ bo‘yicha 01:36 da, “Jukovskiy” bo‘yicha 01:41 da e’lon qilingan. Soat 04:03 da esa Rossiya fuqarolik aviatsiyasi vakili ushbu cheklovlar bekor qilinganini bildirgan.

Vaqtinchalik cheklovlar amal qilgan paytda “Domodedovo”ga uchayotgan uchta samolyot zaxira aerodromlariga yo‘naltirilgan, yana bir reys “Jukovskiy”dan boshqa aerodromga ko‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kiyevga ballistik raketalar bilan uyushtirgan hujumi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 12 kishi jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Ukraina Domodedovo Sergey Sobyanin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing