Ukraina askarlari G‘alaba paradida ishtirok etadi

Olam

image
Tramp 8 mayni AQSHda G‘alaba kuni deb e’lon qildi north_east

Tramp 8 mayni AQSHda G‘alaba kuni deb e’lon qildi

Ukraina Qurolli Kuchlari vakillari 8 may kuni Buyuk Britaniya poytaxti Londonda Yevropadagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda ishtirok etadi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi bugun, 3 may kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida ma’lum qildi.

“Ukraina Qurolli kuchlari Yevropadagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yurishga qo‘shiladi. Ularning ishtiroki Ukraina hozir ozodlik uchun kurashning oldingi safida ekanini eslatib turadi”, deyiladi bayonotda.

Tadbirda Qirollik dengiz floti, qirollik dengiz piyodalari, Britaniya armiyasi va qirollik havo kuchlaridan 1000 ga yaqin Buyuk Britaniya xizmat xodimlari ishtirok etadi.

“Bu Ukrainaning Rossiyaning asossiz, noqonuniy bosqiniga qarshi ozodlik uchun davom etayotgan kurashini global qo‘llab-quvvatlash ramzi”, deya qo‘shimcha qildi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi.

Qayd etilishicha, bayram tadbirlari doirasida qirol va qirolicha Ikkinchi jahon urushi faxriylari uchun choy ziyofatini tashkil qiladi.

Paradda ukrainalik harbiy xizmatchilar Buyuk Britaniyadagi Ukraina qo‘shinlari uchun o‘quv dasturi bo‘lmish Interflex operatsiyasi ishtirok etadi. Uning doirasida London va uning ittifoqchilari Rossiya Federatsiyasi tomonidan boshlangan keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri 54 mingdan ortiq ukrainalik askarni o‘qitgan. Londondagi tantanali kortejda Ukrainadan kelgan ishtirokchilar soni qancha bo‘lishi noma’lum.

Yevropada G‘alaba kuni har yili 8 may kuni ittifoqchilar Germaniyaning 1945 yilda taslim bo‘lishini rasman qabul qilgan kunda nishonlanadi. Rossiya, Belarus va sobiq SSSRning boshqa mamlakatlarida bu bayram 9 may kuni nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etishini ma’lum qilgandi.  Paradda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birining yetakchisi – Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso va Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat rahbari – Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ishtirok etadi. Bundan tashqari, 9 may kuni Moskvaga Xitoy Raisi Si Szinpin, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va boshqalar borishni rejalashtirmoqda.

7 aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etishini,  bu masala O‘zbekiston rahbarining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvida muhokama qilinganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Moskvadagi paradda Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari ishtirok etishi xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ukraina harbiy parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing