Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

Ukraina hukumati AQSH bilan resurslar bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Olam

image

Kiyev Qo‘shma Shtatlar bilan bu mamlakatga Ukrainaning mineral resurslari, jumladan, nodir yer metallariga kirishni ta’minlaydigan shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal kecha, 26 fevral kuni kechqurun ma’lum qildi.

“Bugun hukumat Ukraina va AQSH o‘rtasida investitsiyalarni tiklash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun zarur qarorlar qabul qilmoqda”, deydi Bosh vazir.

Shmigal ushbu hujjatning asosiy jihatlarini sanab o‘tdi. Kelishuvga ko‘ra, investitsiyalarni qayta tiklash jamg‘armasi Ukraina va Qo‘shma Shtatlarga birgalikda tegishli bo‘lishini va ikkala davlat hukumatlari tomonidan birgalikda boshqarilishini nazarda tutadi.

“Ukraina mineral resurslari Ukrainaniki bo‘lib qoladi, ular AQSH yoki boshqa birovning mulkiga aylanmaydi”, deya ta’kidlaydi Denis Shmigal.

Unga ko‘ra, Ukraina o‘zining tabiiy resurslaridan keladigan kelajakdagi daromadlarining 50 foizini Jamg‘armaga o‘tkazadi. O‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar Jamg‘armaga “Ukrainani tiklash uchun muhim bo‘lgan mablag‘lar, moliyaviy vositalar va boshqa aktivlar” shaklida o‘z hissalarini qo‘shadi.

Zelenskiy qarshisidagi 3 ta halokatli yo‘l. AQSH Ukrainaga turli takliflar yubordi north_east

Zelenskiy qarshisidagi 3 ta halokatli yo‘l. AQSH Ukrainaga turli takliflar yubordi

“Jamg‘arma tomonidan yig‘ilgan mablag‘lar faqat Ukrainani tiklash bo‘yicha loyihalarga investitsiya qilinadi. Shartnoma Ukrainaning Yevropa integratsiyasi jarayoni doirasidagi majburiyatlarini inobatga oladi”, deydi Shmigal.

Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy 28 fevral kuni Oq uyga tashrif buyurib, nodir metallar bo‘yicha kelishuvni imzolashi mumkinligini aytgan edi.

Ukraina va AQSH o‘rtasidagi kelishuvning 21 fevraldagi versiyasi haqida ma’lum bo‘lgan edi, unda ba’zi talablar dastlabki taklifdagidan qat’iyroq bo‘lib chiqdi. Xususan, Vashington Ukrainani tabiiy resurslar, jumladan, foydali qazilmalar, gaz va neft, shuningdek, portlardagi aylanma va boshqa infratuzilmalardan foydalanadigan daromadining yarmidan voz kechishga chaqirdi.

Shu bilan birga, yangi hujjatda aytilishicha, Ukraina resurslaridan tushadigan daromadlar AQSH 100 foiz moliyaviy ulush oladigan fondga yo‘naltiriladi. Ukraina ushbu fondga 500 milliard dollarga yetguncha hissa qo‘shishga taklif qilinadi. Bu AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya bosqinidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainaga Amerika yordami evaziga Kiyevdan talab qilayotgan mablag‘dir.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuvning dastlabki variantini imzolashdan bosh tortgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya-Ukraina Ukraina Denis Shmigal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing