UFC'dagi eng yosh sportchining navbatdagi jangi tasdiqlandi
Sport
−
18 avgust 2023 6267 1 daqiqa
18 yoshli UFC jangchisi Raul Rosas Juniorning navbatdagi raqibi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda MMA.Metaratings.ru xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shu yilning 16 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night 227 turnirida Raul Rosas hamyurti Terrens Mitchellga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Turnirning markaziy jangida ayollar o‘rtasida Aleksa Grasso va Valentina Shevchenko to‘qnash keladi.
Rosasning MMA'dagi rekordi 7:0 hisobida, ammo aprel oyida u UFC'dagi so‘nggi jangida Kristian Rodrigesga imkoniyatni boy bergan. Mitchell ham UFC'dagi dastlabki jangida mag‘lub bo‘lgan. U janubiy afrikalik Kemeron Saiman bilan to‘qnashuvda texnik nokautga uchragan.
Live
Barchasi