UFC Chimayevning keyingi raqibi kim bo‘lishini e’lon qildi
Sport
−
11:48 1513 1 daqiqa
BAA fuqarosi va chechen millatiga mansub aralash jang san’ati (MMA) ustasi Hamzat Chimayev o‘zining UFC o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini sobiq chempion, amerikalik Shon Striklendga qarshi birinchi marta himoya qilishini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sahifalari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jang joriy yilning 9 may kuni AQSHning Nyuark shahridagi (Nyu-Jersi shtati) UFC 328 turnirida asosiy bahs sifatida bo‘lib o‘tadi.
Chimayev 2025 yil avgust oyida UFC 319 musobaqasida o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun janubiy afrikalik Drikus dyu Plessini hakamlar bir ovozdan bergan qarori bilan mag‘lub etib, kamarga ega bo‘lgan edi. U professional MMA’dagi 15 ta jangida 15 ta g‘alabaga erishgan.
Sobiq chempion Striklendning esa MMA’dagi natijasi 30 g‘alaba va 7 mag‘lubiyatni tashkil etadi. 2023 yil sentyabr oyida u UFC 293 musobaqasida amerikalik Israel Adesanya ustidan bir ovozdan qaror qabul qilib, liganing o‘rta vazn toifasidagi chempioni bo‘lgan. U ushbu chempionlikni 2024 yil yanvarigacha saqlab qolgan.