UEFA Superkubogi formati o‘zgarishi mumkin
Sport
−
14 avgust 2053 1 daqiqa
UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘oliblari o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi keyingi mavsumda kengayishi va AQSH yoki Yaqin Sharq mamlakatlariga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, UEFA Superkubok formatiga o‘zgartish kiritish haqida o‘ylab ko‘rmoqda. Yangi format Italiya va Ispaniya Superkubogi bahslari singari 4 ta jamoa ishtirokida 2 ta yarim final va 1 ta final o‘yinidan iborat formatda tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Biroq yakuniy bosqichga jamoalar qanday chiqishi va saralash bosqichi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Shunday bo‘lsa-da, UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Superkubok o‘yinlarini Yevropadan tashqarida, xususan, AQSHda o‘tkazish masalasi muhokama qilinganini va bunga erishish mumkinligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya 2020 yildan beri ketma-ket 5 yil davomida Superkubok uchrashuvlarini to‘rt jamoali formatda Saudiya Arabistonida o‘tkazib kelmoqda. Bu shartnoma 2029 yilgacha mo‘ljallangan. UEFA’ning ham bu formatga o‘tishi moliyaviy jihatdan tashkilotga foyda keltirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi UEFA Superkubogi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasiga nasib etgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr