UEFA Isroilni musobaqalardan chetlatish qarorini kechiktirdi – OAV

Sport

image

G‘azo sektoridagi mojaroga oid tinchlik muzokaralari fonida UEFA Isroil terma jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalardan chetlashtirish bo‘yicha qarorni kechiktirdi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Kecha, 29 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp G‘azodagi vaziyatni hal etish bo‘yicha 20 banddan iborat rejasini e’lon qildi. Taklifga ko‘ra, garovdagilar 72 soat ichida ozod etilishi sharti bilan darhol o‘t ochishni to‘xtatish nazarda tutilgan. Reja, shuningdek, HAMAS va boshqa guruhlar G‘azoni boshqarishda bevosita ham, bilvosita ham ishtirok etmasligini ko‘zda tutadi. Hudud nazorati Trampning o‘zi boshchilik qiladigan xalqaro organ nazoratidagi texnokratik hokimiyatlarga o‘tishi kerak.

“Sky Sports” ma’lumotiga ko‘ra, hozir Yevropa futbol rahbarlari orasida Isroilga qarshi sanksiyalarni tinchlik muzokaralari vaqtida joriy etish “noto‘g‘ri qadam” bo‘lishi mumkin, degan fikr mavjud. Qayd etilishicha, UEFA ijroiya qo‘mitasining ayrim a’zolari Isroil bo‘yicha ovoz berilishiga umid qilgan, biroq favqulodda yig‘ilish o‘tkazilmagani taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqayotgani, biroq UEFA’ning ushbu masala bo‘yicha ehtimoliy qarori 2026 yilgi Jahon chempionati saralashiga taalluqli bo‘lmasligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing