To‘rtko‘lga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 30 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumaniga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman kengashining navbatdan tashqari 9-sessiyasida tuman hokimi lavozimiga Ilhomboy Tilavboyevich Xudayberganovni tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan hamda nomzod deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Ma’lumot uchun, Ilhomboy Xudayberganov mehnat faoliyati davomida ichki ishlar organlarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Izboskan tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Elyorbek Karimov Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston To'rtko'l tumani Ilhomboy Xudayberganov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing