Turkiyadagi maktabda otishma: qurbonlar 9 nafarga yetdi

Olam

image

Bugun, 15 aprel kuni Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Mustafo Chiftchiga tayanib, “Yenicag Gazetesi” xabar berdi.

Vazirlik rahbarining so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning sakkiz nafari o‘quvchi va bir nafari o‘qituvchi. 13 nafar jabrlanuvchi shifoxonada qolmoqda. Ulardan olti nafari jonlantirish bo‘limida, uch nafari esa og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyati, Onikishubat tumanida joylashgan Oysha Chelik nomidagi o‘rta maktabda otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Binoning barcha kirish va chiqish yo‘llari yopilib, o‘quvchilar evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari va politsiya bo‘linmalari yuborilgan.

Bu Turkiyadagi ta’lim muassasida 24 soat ichida yuz bergan ikkinchi shunday holat. Kecha, 14 aprel kuni mamlakatning Shonliurfa viloyati Siverek tumanida joylashgan litseyda qurolli hujum sodir bo‘lgandi. Hodisada 16 kishi yaralangandi va hujumchi o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Qahramonmarash Mustafo Chiftchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing