Turk futbol klubi zilzila oqibatida chempionatdagi ishtirokini to‘xtatdi
Sport
−
10 fevral 2023 5428 1 daqiqa
Turkiyaning “Xatayspor” futbol klubi zilzila oqibatida jamoaga yetgan zarar tufayli mamlakat chempionatidagi ishtirokini to‘xtatdi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi xabar berdi.
Federatsiya prezidenti Mehmet Buyukekshining ta’kidlashicha, “G‘oziantep” jamoasi ham turnirdagi ishtirokini to‘xtatmoqchi.
“Xatayspor” bizga xat yubordi. Unda klub ushbu mavsumda boshqa o‘yin o‘tkaza olmasligini ma’lum qilgan. “G‘oziantep” ham musobaqadagi ishtirokini yakunlamoqchi. Agar shunday bo‘lsa, chempionatni 17 ta jamoa bilan davom ettiramiz”, deydi Buyukekshi.
Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni zilzila oqibatida “Sivasspor” futbol klubining darvozabonlar murabbiyi Oyxon Tenbelo‘g‘lining 15 nafar qarindoshi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust