Tramp Venesuelaga yordam taklif qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuelada yuz bergan kuchli zilzila ortidan mamlakatga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Uning ta’kidlashicha, ikki kuchli yer silkinishi keng ko‘lamli tus olgan bo‘lib, ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan.

“Venesuelaning buyuk xalqini larzaga keltirgan ikkita kuchli zilzila juda ulkan miqyosda bo‘ldi va ko‘plab insonlarning o‘limiga olib keldi. AQSH yordam berishga tayyor, buni xohlaydi va bunga qodir! Men hukumatimizning barcha idoralariga tezkor choralar ko‘rishga tayyor turish bo‘yicha ko‘rsatma berdim”, deya yozgan Tramp.

Shuningdek, AQSH rahbari Venesueladagi zilzila oqibatida yuzaga kelgan vayronagarchiliklar haqidagi ma’lumotlarni “tasalli bermaydigan” deb atagan.

24 iyun kuni kechqurun Venesuelada orasi 39 soniya bo‘lgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikki kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda Karakas shahridagi turar joy binolari qulab tushgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.

Venesuelaning asosiy havo darvozasi hisoblangan Simon Bolivar nomidagi Mayketiya xalqaro aeroporti terminali tomining bir qismi ham qulab tushgan. Shundan so‘ng barcha aviaqatnovlar bekor qilingan. Mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela sohillari yaqinida sodir bo‘lgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikki kuchli zilzila oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgani, qariyb 700 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing