Dastlabki hisob-kitob: Venesueladagi kuchli zilzila oqibatida qancha odam o‘lgani aytildi
Olam
−
25 iyun 7009 1 daqiqa
Venesuela sohillari yaqinida sodir bo‘lgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikki kuchli zilzila oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi, qariyb 700 kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakatning vaqtincha prezidenti Delsi Rodriges davlat telekanali efirida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘nlab binolar qulab tushgan va hozirda imkoni boricha ko‘proq insonlarni qutqarib qolish uchun keng ko‘lamli qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
“O‘nlab binolar vayron bo‘ldi va hozir biz imkon qadar ko‘proq inson hayotini saqlab qolish uchun juda jadal qutqaruv ishlarini amalga oshirmoqdamiz”, degan Delsi Rodriges.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Geologiya xizmati Venesuela sohillari yaqinidagi ikki kuchli zilzila oqibatida qurbonlar soni 10 mingdan 100 ming nafargacha yetishi ehtimoli borligini ma’lum qilgan edi. Idora hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday ssenariy ro‘y berish ehtimoli 44 foizni tashkil etgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust